ILM-FAN NAMOYANDALARI TERDUDA JAM BO‘LDI

🟢Xabar berganimizdek, bugun — 21-sentyabr kuni Termiz davlat universitetida matematika fanining zamonaviy va istiqbolli yo‘nalishlariga bag‘ishlangan “Matematik analiz va matematik fizika tenglamalarining zamonaviy masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

🟢21–22-sentyabr kunlari davom etadigan nufuzli anjuman Termiz davlat universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida tashkil etildi. Xalqaro konferensiyaning asosiy maqsadi — matematika va unga tutash zamonaviy ilmiy yo‘nalishlarda olib borilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalarini muhokama qilish, ilg‘or ilmiy g‘oyalar va tajribalar almashish hamda olimlar o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat.

🟢 Nufuzli ilmiy muloqot maydonida Qozog‘iston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, Boshqirdiston Respublikasi Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi, Tojikiston Milliy Fanlar akademiyasi A. Jo‘rayev nomidagi Matematika instituti akademigi, shuningdek, Turkiyaning U‘shak universiteti professorlari ishtirok etmoqda.
Konferensiya dasturidan yalpi majlislar va 6 ta ilmiy sho‘ba o‘rin olgan. Sho‘balarda matematika, matematik fizika, dinamik sistemalar, sonli usullar, matematik modellashtirish hamda sun’iy intellektning istiqbolli texnologiyalari kabi dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilinmoqda.

Anjuman doirasida fizika-matematika fanlari doktori, professor Miraxmat Mirsaburovning 75 yoshga to‘lishi munosabati bilan yubiley tadbiri ham tashkil etilmoqda. Mazkur xalqaro anjuman olimlar va tadqiqotchilar uchun ilmiy natijalar, ilg‘or g‘oyalar va yangi tadqiqot yo‘nalishlarini muhokama qilish bilan birga, xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlash va kelgusidagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratadigan muhim ilmiy maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 59

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 53

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil