TerDU rektoriga zamonaviy o‘quv-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish bo‘yicha loyihalar taqdim etildi!

Termiz davlat universiteti rektoriga Tarix fakultetida zamonaviy o‘quv-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish va ularni zarur moddiy-texnik vositalar bilan jihozlash bo‘yicha loyihalar taqdim etildi.

Taqdimotda Raqamli arxeologiya va GAT (GIS) xonasi, shuningdek, psixologiya yo‘nalishi uchun Eksperimental psixologiya o‘quv laboratoriyasi hamda Psixologik ma’lumotlarni qayta ishlash kompyuter laboratoriyasini tashkil etish takliflari batafsil yoritildi. Raqamli arxeologiya va GAT (GIS) xonasi — arxeologik yodgorliklarni zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida o‘rganish, xaritalash, hujjatlashtirish va 3D modellarini yaratish imkonini beruvchi innovatsion ilmiy-amaliy makondir. Ushbu laboratoriya talabalarga arxeologik tadqiqotlarni zamonaviy usullar asosida olib borish ko‘nikmalarini beradi.

Eksperimental psixologiya o‘quv laboratoriyasi — insonning tafakkuri, xotirasi, diqqati, idroki va psixofiziologik jarayonlarini maxsus uskunalar hamda ilmiy metodikalar asosida o‘rganishga mo‘ljallangan zamonaviy ilmiy-ta’lim muhiti. Psixologik ma’lumotlarni qayta ishlash kompyuter laboratoriyasi esa psixologik tadqiqotlar natijalarini zamonaviy dasturlar yordamida tahlil qilish, statistik hisob-kitoblarni amalga oshirish va ilmiy xulosalar chiqarish imkonini beradi.

Mazkur loyihalar nimani anglatadi?

Ushbu tashabbuslar TerDUda ta’lim jarayonini faqat nazariy bilimlar bilan cheklab qolmasdan, amaliy mashg‘ulotlar va ilmiy-tadqiqotlar bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan. Yangi laboratoriyalarni tashkil etish orqali talabalar zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash, mustaqil tadqiqot olib borish, ilmiy tajribalar o‘tkazish va o‘z sohasida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 59

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 53

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil