Talabalar bilan tanishtiruv uchrashuvlari: imkoniyatlar va mas’uliyat!

Termiz davlat universitetida birinchi bosqich talabalari uchun universitet hayoti bilan yaqindan tanishishga qaratilgan tanishtiruv darslari tashkil etildi. Universitet rektorining Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda profilaktika inspektori ishtirokida katta majlislar zalida o‘tkazilgan uchrashuvlarda talabalarga Yoshlar ittifoqining faoliyati, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, universitet kampusida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish, jinoyatchilik, giyohvandlik va korrupsiya kabi illatlarga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish, huquqbuzarliklarning oldini olishda faol ishtirok etish hamda daxldorlik hissi bilan yashashning ahamiyati tushuntirildi.

Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar, taklif va tashabbuslarini bildirdilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 59

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 53

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil