“MUSTAQILLIK KUBOGI” MUSOBAQASI YAKUNLANDI

🟢O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning voleybol va stol tennisi turlari bo‘yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

🟢Musobaqada universitetning turli fakultetlaridan 200 nafarga yaqin sport ishqibozi va havaskorlar ishtirok etib, o‘zaro do‘stona va qizg‘in bellashdilar.

🟢Musobaqa davomida ishtirokchilar jamoaviylik, chaqqonlik va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.\

🏐 Voleybol bo‘yicha g‘oliblar:
🥇 I o‘rin — Xorijiy filologiya fakulteti
🥈 II o‘rin — Kimyo fakulteti
🥉 III o‘rin — Tarix fakulteti

Stol tennisi bo‘yicha:

🥇 I o‘rin — Sport faoliyati fakulteti vakili Rahimova Zarina

🥈 II o‘rin — Fizika-matematika fakulteti vakili Eshqobilova Dilrabo

🥉 III o‘rin — Xorijiy filologiya fakulteti vakili Mamaraimova O‘g‘iloy

🎉 Musobaqada faol ishtirok etgan barcha hamkasblarimizga minnatdorlik bildiramiz. G‘olib va sovrindorlarni esa samimiy muborakbod etamiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 59

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 53

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil