Yangi sahifa, yangi orzular va unutilmas lahzalar: Termiz davlat universitetida yangi o‘quv yili start oldi!

Bugun Termiz davlat universiteti hovlisi har doimgidan ham gavjum, har doimgidan ham quvonchli va hayajonga boy. Chunki bugun minglab yoshlarning hayotida yangi va eng mas’uliyatli bosqich — talabalik davri boshlandi!

Talabalik baxtiga erishgan aziz yoshlarimiz har bir fakultetda samimiy va ko‘tarinki ruhda kutib olindi.
Yangi do‘stlar, mehribon ustozlar va cheksiz imkoniyatlar sari qadam qo‘ygan talabalarimiz uchun birinchi dars soatlari ham alohida shukuh bilan o‘tdi. Barcha auditoriyalarda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida “Mustaqillik darslari” tashkil etildi.

Aziz talabalar! Universitetimiz oilasiga xush kelibsiz! Bilim olishdan, izlanishdan va orzu qilishdan hech qachon to‘xtamang. Yangi o‘quv yili barchangizga ulkan zafarlar va omad keltirsin!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 59

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 53

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil