TerDUda yangi davr: sun’iy intellekt universitet boshqaruviga kirib kelmoqda!

Rektor huzurida Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi direktori tomonidan universitet boshqaruvini raqamlashtirishga qaratilgan yagona sun’iy intellekt platformasi konsepsiyasi taqdim etildi.

Bugungi kunda universitetda HEMIS, KPI, ARM, Registrator, so‘rovnomalar, kuzatuv kameralari va boshqa ko‘plab alohida tizimlar faoliyat yuritmoqda. Ularning har biri o‘z vazifasini bajaradi, biroq ma’lumotlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni yagona nuqtadan ko‘rish imkoniyati cheklangan.

✅Taklif etilayotgan yechim — mavjud tizimlar ustiga o‘rnatiladigan yagona “aqlli qatlam”.
U mavjud tizimlarni almashtirmaydi va ularning ish jarayoniga aralashmaydi. Aksincha:
🟢ma’lumotlarni yagona nuqtada o‘qiydi;
🟢turli tizimlardagi ko‘rsatkichlarni taqqoslaydi;
🟢ma’lumotlarni tahlil qiladi;
🟢muhim o‘zgarishlarni aniqlaydi;
🟢rahbariyatga tayyor va tushunarli xulosalarni taqdim etadi.

✅ Eng muhim jihati — muammoni kattalashmasdan aniqlash.
🟢Platforma ko‘rsatkichlarni doimiy kuzatib boradi va vaziyat jiddiylashishidan avval rahbariyatni ogohlantiradi. Har bir signal nafaqat muammoni, balki uning sababi va ehtimoliy oqibatlarini ham ko‘rsatishga xizmat qiladi.

✅ Nega bu muhim?

🟢Yagona sun’iy intellekt platformasi rahbariyatga katta hajmdagi ma’lumotlar orasidan kerakli axborotni tez topish, qarorlarni aniq ma’lumotlar asosida qabul qilish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish imkonini beradi.

Bu — shunchaki yangi texnologiya emas. Bu universitet boshqaruvida tezkorlik, shaffoflik, aniqlik va teng imkoniyatlarni ta’minlash sari muhim qadamdir.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 59

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 53

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil