Rektor huzurida apparat yigʻilishi oʻtkazildi

Termiz davlat universitetida rektor huzurida navbatdagi apparat yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda sohalar boʻyicha prorektorlar, boshqarma va boʻlim rahbarlari, shuningdek, kun tartibiga kiritilgan masalalarga masʼul mutasaddilar ishtirok etdi.

Yigʻilish avvalida yangi oʻquv yilini munosib kutib olishga tayyorgarlik jarayoni, amalga oshirilgan ishlar hamda belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi. Shuningdek, oʻquv dasturlarining amaldagi meʼyoriy talablar va xalqaro akkreditatsiya mezonlari asosida ishlab chiqilgani yuzasidan maʼlumot berildi.

Muhokamalar davomida qoʻshma taʼlim dasturlarida tahsil olish istagini bildirgan talabgorlar uchun sinov imtihonlarini tashkil etish tartibi va jarayonning shaffofligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu bilan birga, universitetning xalqaro reytinglardagi mavqeini yanada yuksaltirish, taʼlim yoʻnalishlarini xorijiy akkreditatsiyadan oʻtkazish borasidagi vazifalar belgilab olindi.

Yigʻilishda SI laboratoriyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, startap va spin-off korxonalarini tashkil etish, investitsiyalarni jalb qilish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda xoʻjalik shartnomalari holati yuzasidan masʼullarning axborotlari tinglandi.

Shuningdek, universitet rasmiy veb-sayti faoliyatini xalqaro talablar asosida takomillashtirish, axborotlarni tezkor va sifatli joylashtirish, saytning mazmun-mohiyatini boyitish boʻyicha rektor tomonidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

Yigʻilish yakunida muhokama qilingan har bir yoʻnalish boʻyicha masʼullarga aniq vazifalar belgilab berilib, ularning ijrosini taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 59

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 53

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil