TerDUning "Jayhun" folklor-etnografik jamoasi xalqaro e'tirofga sazovor bo‘ldi!

Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilgan VII Xalqaro "Buyuk Ipak yo‘lida yulduzlar nuri" ("Svet zvezd na Velikom Shyolkovom puti") tanlov-festivalida Termiz davlat universitetining "Jayhun" folklor-etnografik jamoasi munosib ishtirok etib, yuksak mahorati hamda milliy san'atimizga xos betakror chiqishlari bilan xalqaro e'tirofga sazovor bo‘ldi.

Mazkur nufuzli xalqaro tanlov Turkiyaning madaniy markazlaridan biri — Istanbul shahrida tashkil etilib, unda turli mamlakatlardan iqtidorli yoshlar, ijodiy jamoalar va san'at namoyandalari ishtirok etdi. Tanlovning asosiy maqsadi millatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, yosh iste'dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada rivojlantirishdan iborat.

TerDUning "Jayhun" folklor-etnografik jamoasi milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va boy madaniy merosimizni munosib tarzda namoyish etib, xalqaro sahnada universitetimiz va yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.


Ushbu yutuq munosabati bilan jamoa a'zolari va ularning rahbarlarini samimiy muborakbod etamiz! Kelgusida ham ularga ulkan zafarlar, yangi ijodiy yutuqlar va xalqaro maydonlarda yanada yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Termiz davlat universiteti — milliy qadriyatlar va san'at elchisi!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil