“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi!

👨‍🎓 Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bitiruvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan an’anaviy “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovi o‘z yakuniga yetdi.

👮‍♂️ Tantanali taqdirlash marosimida Agentlik direktori Mansurbek Olloyorov, nufuzli markazlar va oliygohlar vakillari, shuningdek, xalqaro hamkorlar – Osiyo taraqqiyot banki (ADB) va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) mutasaddilari ishtirok etdi.

Tadbirda yosh tadqiqotchilarning ijtimoiy himoya sohasidagi ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash va ularni amaliyotga tatbiq etish muhimligi alohida ta’kidlandi.

✅ Tanlov g‘oliblari bilan tanishing:

👨‍🎓 Bakalavrlar o‘rtasida:
1️⃣ Mavluda Xakimniyazova – Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
2️⃣ Sarvinoz Turg‘unova – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
3️⃣ Rayhona Abdullayeva – O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

👨‍🎓 Magistrantlar o‘rtasida:
1️⃣ Zilola Ochilova – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
2️⃣ Marjona Salimova– Termiz davlat universiteti
3️⃣ Xurshida Xodjayeva – Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti

🤝 Shuningddek, quyidagi ishtirokchilar xalqaro hamkorlarimiz ADB va GIZning maxsus rag‘batlantiruvchi mukofotlari bilan taqdirlanadilar:

Shoxislombek Sharobiddinov – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (GIZ)
Xurshida Xodjayeva – Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (ADB)
Gavxarxon Abduraxmonova – Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (ADB)

🤝 Bundan tashqari, Azamat Jaksimuratov (Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti), Dilnavoz Sobirova (Qo‘qon davlat universiteti), Aziza Abduvasikova (Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv texnologiyalar universiteti) va Vasila Hamrayevalarning (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti) ham tadqiqot ishlari alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Barcha g‘olib va ishtirokchilarni chin dildan tabriklab, kelgusi ilmiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil