OFITSERLIK – UNVON EMAS, VATAN OLDIDAGI UMRBOD MAS'ULIYAT

Termiz davlat universiteti rektori ishtirokida shahrimizdagi harbiy qismlardan birida "Ofitserlik – unvon emas, Vatan oldidagi umrboqiy mas'uliyat" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ofitserlik kasbining asl mohiyati, Vatanga sadoqat, kasb sharafi, adolat, vijdon va mas'uliyat, shuningdek, bugungi murakkab geosiyosiy sharoitda harbiy xizmatchilar zimmasiga yuklanayotgan yuksak vazifalar haqida atroflicha fikr almashildi.

Ta'kidlanganidek, bugungi tinch va osoyishta hayot ortida chegara posbonlarining bedor tunlari, fidokorona mehnati va doimiy hushyorligi mujassam. Zamonaviy texnologiyalar qanchalik rivojlanmasin, davlat xavfsizligini ta'minlaydigan eng buyuk kuch – bu insonning mustahkam irodasi, pok vijdoni va Vatanga bo'lgan cheksiz sadoqatidir.

Tadbir davomida Termiz davlat universitetida tashkil etilgan Maxsus harbiy kafedra faoliyatiga ham alohida to'xtalib o'tildi. Mazkur kafedra 2026/2027-o'quv yilidan o'z faoliyatini boshlashi hamda Qurolli Kuchlarimiz uchun zamonaviy bilim va yuksak ma'naviyatga ega, vatanparvar harbiy kadrlarni tayyorlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Uchrashuvda yosh ofitserlarga shunday murojaat qilindi:

"Ofitserlik – bu unvon emas, Vatan oldidagi umrboqiy mas'uliyatdir. Qasamyod bir marta aytiladi, ammo u har kuni fidoyilik, halollik va sadoqat bilan bajariladi."

Tadbir ishtirokchilari bunday uchrashuvlar yosh harbiy xizmatchilarning kasbiy mahoratini, ma'naviy salohiyatini va Vatan oldidagi burchiga bo'lgan mas'uliyatini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini alohida ta'kidladilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil