Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda sohalar bo‘yicha prorektorlar, xizmat safari bilan xorijda bo‘lib turgan mas’ullar, shuningdek, boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish avvalida rektor Prezidentimiz raisligida joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar hamda yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi mazmun-mohiyatini yetkazdi. Unda belgilangan topshiriq va vazifalardan kelib chiqib, Termiz davlat universitetida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng prorektorlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda avval berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan hisobot taqdim etdilar.

Yig‘ilishda ayni paytda Janubiy Koreyada xizmat safarida bo‘lib turgan universitetning Strategik rivojlantirish va transformatsiya bo‘yicha prorektori O‘. Xoliyorov boshchiligidagi ishchi guruh bilan onlayn muloqot o‘rnatilib, erishilgan dastlabki natijalar muhokama qilindi. Rektor xorijiy hamkorlikni nafaqat universitet, balki Surxondaryo viloyatining rivoji uchun ham manfaatli yo‘nalishda kengaytirish, istiqbolli loyihalar va amaliy hamkorlik bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishish muhimligini alohida ta’kidladi.

Yig‘ilish yakunida mas’ullarga xodimlar faoliyati samaradorligini qayta tahlil qilish, boshqaruv jarayonlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish hamda zamonaviy raqamli platformalarni yaratish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Universitet oldida turgan ustuvor vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan mas’ullarning shaxsiy javobgarligi yana bir bor eslatib o‘tildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil