Termiz davlat universiteti yosh olimi fan olamida yangi kashfiyot qildi!

Termiz davlat universiteti jamoasi navbatdagi yirik ilmiy yutuqni faxr va iftixor bilan qarshi olmoqda. Universitetimizning yosh va iste’dodli olimi, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jalilov Jamshed tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida jahon fani uchun muhim yangilik taqdim etildi.

🟢Hisor tog‘ tizmasining Chosh darasida, dengiz sathidan 2000 metr balandlikdagi qoya-toshli hududlarda olib borilgan tadqiqotlar davomida quruqlik mollyuskalarining fan uchun mutlaqo yangi turi aniqlandi. Ushbu yangi tur xalqaro malakologiya ilmida Turanena gissarika sp. nov. nomi bilan qayd etildi.

🟢Yangi tur bo‘yicha olingan ilmiy natijalar xalqaro GenBank bazasiga joylashtirildi, tadqiqot esa Scopus bazasida indekslanuvchi nufuzli “Ruthenica” xalqaro jurnalida chop etildi. Shuningdek, yangi tur ZooBank — Xalqaro zoologik nomenklatura reyestrida ham rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi.

🟢Bu yutuq nafaqat universitetimiz, balki O‘zbekiston ilm-fani uchun ham katta voqea hisoblanadi. Yosh olimimiz Jalilov Jamshed Jafar o‘g‘lini ushbu tarixiy muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi ilmiy faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil