TerDUda “Karyera kuni” tadbiri tashkil etildi

Termiz davlat universitetining Ijtimoiy fanlar hamda Iqtisodiyot fakultetlari bitiruvchilari uchun “Karera kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda universitetning asosiy buyurtmachi tashkilotlari bilan bir qatorda 10 dan ortiq davlat va nodavlat muassasalari ham ishtirok etib, bitiruvchilarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etdi. Shuningdek, ishtirokchilar tashkilotlarning faoliyati, ish sharoitlari va vakant lavozimlari haqida ko‘rgazmali hamda tarqatma materiallar orqali batafsil ma’lumot oldilar.

Joriy o‘quv yilida Ijtimoiy fanlar fakultetining psixologiya, ijtimoiy ish, kutubxona-axborot faoliyati, boshlang‘ich ta’lim hamda maktabgacha ta’lim yo‘nalishlarini jami 823 nafar talaba tamomlamoqda. Ahamiyatli jihati shundaki, bitiruvchilarning 70 foizining bandligi allaqachon ta’minlangan.

Mazkur tadbir bitiruvchilarning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib borishi, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot o‘rnatishi hamda munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lishida muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil