Rektor huzurida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Termiz davlat universitetida rektor rahbarligida navbatdagi apparat yig‘ilishi tashkil etildi. Unda prorektorlar hamda tegishli mas’ul rahbarlar ishtirok etdi.

🟢Yig‘ilish avvalida universitet jamoasining xalqaro maydondagi muhim yutug‘i e’tirof etildi. Xususan, Times Higher Education (THE) Sustainability Impact Rankings 2026 natijalariga ko‘ra, Termiz davlat universiteti dunyoning 1603 ta yetakchi oliy ta’lim muassasalari orasida 401–600-o‘rinlar guruhidan joy olgani universitet jamoasining fidokorona mehnati va izchil sa’y-harakatlari samarasi ekanligi alohida ta’kidlandi.

Shundan so‘ng prorektorlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan hisobot berdilar.
🟢 Akademik faoliyat yo‘nalishida qabul jarayonlarini namunali tashkil etish, kasbiy (ijodiy) imtihonlarning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash hamda bitiruvchilar bandligini oshirish masalalari muhokama qilinib, tegishli vazifalar belgilandi.
🟢 Ilmiy va innovatsion faoliyat natijalari ham atroflicha tahlil qilindi. Mavjud ko‘rsatkichlar muhokama qilinib, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, shuningdek, Hukumat tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.
🟢 Shuningdek, universitet infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Iqtisodiyot fakultetida olib borilayotgan ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari yuzasidan axborot tinglanib, ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
🟢Talabalar turar joylarini yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash, talabalarga yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish masalalari ham yig‘ilishning muhim mavzularidan biri bo‘ldi.

✅ Yig‘ilish yakunida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda universitetning rivojlanish ko‘rsatkichlarini yanada yuksaltirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil