BIZ – GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ

Bugun Surxondaryo viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyalari Ilxom Abrayev va Otabek Ergashev ishtirokida Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti talabalari bilan maʼrifiy-huquqiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda sudyalar tomonidan talabalarga Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarining va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati hamda uni qabul qilishdan koʻzlangan maqsadlar yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Darhaqiqat, bugungi kunda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy tarqalishi jamiyat xavfsizligi, aholi salomatligi, ayniqsa yosh avlod kamoloti uchun jiddiy tahdidlardan biri boʻlib qolmoqda. Shu bois mazkur sohadagi huquqiy mexanizmlarni zamon talablari asosida takomillashtirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va ularga nisbatan taʼsirchan huquqiy choralarni qoʻllash muhim ahamiyat kasb etadi.

Tashkil etilgan ushbu tadbirda mazkur Qonun bilan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari hamda kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni belgilaydigan normalar takomillashtirilganligi, huquqni qoʻllash amaliyotida uchrayotgan ayrim muammolarni bartaraf etishga qaratilgan huquqiy yechimlar nazarda tutilgani ham sudyalar tomonidan taʼkidlandi.

Yakunda ishtirokchilar tomonidan kun tartibidagi mavzu yuzasidan berilgan savollarga huquqiy tushuntirish va javoblar berildi. "BATAFSIL"
Surxondaryo viloyat sudi matbuot xizmati.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil