TA’LIM VA AMALIYOT INTEGRATSIYASI — NATIJA VA MUVAFFAQIYAT SARI!

Termiz davlat universitetida ta’lim jarayonini amaliyot bilan uzviy bog‘lash borasida olib borilayotgan islohotlar o‘zining samarali natijalarini namoyon etmoqda.

🟢Iqtisodiyot fakulteti magistrantlarining yakuniy magistrlik dissertatsiyalari himoyalari ilk bor bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida, ya’ni bank-moliya muassasalari hamda turizm obyektlarida tashkil etildi.

🟢 “Iqtisodiyot” mutaxassisligi magistrantlari o‘z ilmiy tadqiqotlarini Surxondaryo viloyati Savdo-sanoat palatasida himoya qilgan bo‘lsalar, “Buxgalteriya hisobi” mutaxassisligi magistrantlari bank amaliyoti bilan uyg‘un holda oʻz magistrlik dissertatsiyalarini himoya qildi, “Turizm va mehmondo‘stlik” mutaxassisligi bitiruvchilari dissertatsiya ishlarini zamonaviy mehmonxona majmuasida himoya qildilar. Jarayonda magistrantlar o‘z tadqiqotlari orqali iqtisodiyot, moliya, turizm va mehmondo‘stlik sohalarini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion taklif va amaliy tavsiyalarini taqdim etdilar.

🟢Eng e’tiborlisi, magistrantlarimizning bilim va salohiyati amaliyotchi mutaxassislar tomonidan yuqori baholanib, bitiruvchilardan biri himoya jarayonidayoq ish bilan ta’minlandi.

🟢Bu — Termiz davlat universitetida berilayotgan sifatli ta’lim, amaliy tayyorgarlik va mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash tizimining yorqin natijasidir.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil