TerDUda yoshlar orasida giyohvandlikning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi

Termiz davlat universitetining Pedagogika va ijtimoiy ish hamda Davlat va huquq asoslari kafedralari hamkorligida “Yoshlar orasida giyohvandlikning oldini olish: profilaktika, ta’lim va ijtimoiy himoya mexanizmlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Anjumanda respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar, olimlar, tadqiqotchilar, amaliyotchi mutaxassislar bilan bir qatorda ZOOM platformasi orqali xorijiy va mahalliy yetuk olimlarning ma’ruzalari ham tinglandi.

Ilmiy muloqotlar davomida yoshlarni giyohvandlik va narko-tahdidlardan himoya qilish, antinarkotik immunitetni shakllantirish, ijtimoiy himoya mexanizmlarini takomillashtirish hamda raqamli makondagi xavflarga qarshi samarali kurashning zamonaviy yondashuvlari muhokama qilindi.

Anjuman o‘z ishini 4 ta sho‘ba kesimida davom ettirdi. Sho‘balarda sintetik giyohvandlikka qarshi kurashda ijtimoiy institutlar hamkorligi, ijtimoiy himoya mexanizmlarini takomillashtirish, raqamli makondagi narko-tahdidlarga qarshi kurash hamda yoshlar orasida giyohvandlikning psixologik-pedagogik profilaktikasi masalalari yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tinglanib, amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur anjuman yoshlarni turli zararli illatlardan asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim ilmiy maydonga aylandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil