Darband o‘quv-amaliyot bazasi navbatdagi talabalar guruhini qabul qildi!

TerDU Biologiya ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalarining navbatdagi guruhi o‘quv-dala amaliyotini o‘tash uchun Darband o‘quv-amaliyot bazasiga yetib keldi.

Amaliyot davomida talabalar hudud florasi, o‘simliklarning morfologik va bioekologik xususiyatlari, sistematik tasnifi hamda tabiiy muhitga moslanish qonuniyatlarini amaliy jihatdan o‘rganadilar. Shuningdek, ular marshrutli kuzatuv, fenologik tahlil va botanika tadqiqotlarining zamonaviy usullarini o‘zlashtiradilar.

Tabiat qo‘ynida tashkil etilgan ushbu amaliyot yosh biologlarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelajak kasbiy faoliyati uchun zarur tajriba to‘plashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Darband o‘quv-amaliyot bazasida boshlangan navbatdagi amaliyot mavsumi ilmga chanqoq talabalarning yangi izlanishlari, yangi kuzatuvlari va yangi yutuqlariga zamin yaratmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil