“Talabalar teatr studiyalari” festivali hamda “Ilhom” mukofoti g‘oliblari tantanali taqdirlandi!

Andijon viloyati Yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivali hamda “Ilhom” mukofotining g‘olib va sovrindorlari e’tirof etildi.

Marosimni Markaz direktori Abdumalik Akramov kirish so‘zi bilan ochib berib, o‘tkazilgan tanlovlarning ahamiyati, talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar, teatrning yoshlar ma’naviyatini oshirishdagi roli haqidagi fikrlarini bildirib, barcha g‘oliblarni samimiy qutladi.

🎭“Talabalar teatr studiyalari” festivali g‘oliblari bilan tanishing:

🥇1-o‘rinlar: Termiz davlat universitetining “Janub gavhari” va Buxoro davlat tibbiyot institutining “Avitsena” jamoalari;
🥈2-o‘rinlar: Farg‘ona davlat universitetining “Ilhom” va Shahrisabz davlat pedagogika institutining “Muloqot” jamoalari;
🥉3-o‘rinlar: Central Asian medical university'ning “CAMU” va Qarshi davlat universitetining “Qaqnus” jamoalari.

↪️“Eng yaxshi oliy ta’lim muassasasi” nominatsiyasi g‘olibi – Ma’mun universiteti;
↪️“Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasi g‘olibi Oybek Mahsudov – O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi.
↪️“Jamoa ijodkor talabasi” nominatsiyasi g‘olibi Iroda Toirova – Samarqand davlat universiteti talabasi;
↪️“Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasi g‘olibi Marjona Ochilova – Termiz davlat universiteti va Dilafruz Sotiboldiyeva – Farg‘ona davlat universiteti talabalari;
↪️“Eng yaxshi erkak roli uchun” nominatsiyasi g‘olibi Alisher Soatov – Shahrisabz davlat pedagogika instituti, Avazxonov Ismoilxon – Central Asian medical university talabalari.

👏 Festival g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom, maxsus statuetka va 1-o‘rin BHMning 190 barobari; 2-o‘rin BHMning 140 barobari va 3-o‘rin BHMning 85 barobari miqdorida pul yutuqlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek taqdirlash davomida, finalni yuqori saviyada tashkil qilgan mezbonlar, Andijon davlat pedagogika instituti rahbariyati va Hakamlar hay’ati a’zolariga ham tashakkurnomalar topshirildi.

👉 Batafsil:

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil