Surxondaryoda “eko zakovat” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari hamkorligida “Eko zakovat” ko‘rik tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda viloyatdagi 6 ta oliy ta’lim muassasasidan jamoalar ishtirok etib, ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va yashil iqtisodiyot yo‘nalishlarida bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan bellashuv yakunida Termiz davlat universiteti jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olib jamoa 6–10-iyun kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan ko‘rik-tanlovning respublika hamda xalqaro bosqichida ishtirok etadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil