Termiz davlat universiteti talabalari – “National AI Hackathon” g‘oliblari safida!

Joriy yilning 31-mart – 3-aprel kunlari Termiz shahrida O‘zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi yirik loyihalardan biri – “National AI Hackathon”ning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli musobaqada 500 dan ortiq ishtirokchi va 50 dan ziyod jamoalar quyidagi yo‘nalishlarda o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi: 🟢Suv xo‘jaligi – aqlli sug‘orish tizimlari
🟢 Tibbiy texnologiyalar
🟢 Ta’lim texnologiyalari
🟢 Tadbirkorlik

🔸 Eng quvonarlisi, Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakultetidan 10 ga yaqin jamoalar faol ishtirok etib, 4 ta jamoa faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi!

🏅 G‘olib jamoalarimiz:
🩺 Tibbiy texnologiyalar yo‘nalishi
🥈 “AI STORM” jamoasi – 20 000 000 so‘m
👥 Omonov Feruzbek, Xabibullayev Mahmudjon, Ko‘charov Anvar, Norxidirov Arslonbek
💧 Suv xo‘jaligi – aqlli sug‘orish tizimlari
🥈 “RECORD MIR” jamoasi – 20 000 000 so‘m
👥 Qulsoatov O‘ktam, Xudayqulov Ravshanbek, Axmedov Xusniddin
🥉 “GREEN OPS” jamoasi – 10 000 000 so‘m
👥 Safarov Muhammadjon, Qarshiyeva Dildora, Musurmonov Sardorbek
💼 Tadbirkorlik yo‘nalishi
🥉 “DEEP FINANCE” jamoasi – 10 000 000 so‘m
👥 Tursunov Azizbek, Temirov Sunnatillo, Rajabaliyeva Sabrina
👏 Shuningdek, fakultetimizning 20 dan ortiq talabalari ham ushbu hackathonda faol ishtirok etishdi.
 Ushbu natijalar talabalarimizning yuqori bilim va salohiyati, ustozlarimizning fidokorona mehnati samarasidir.

 Barcha g‘oliblarimizni chin qalbdan muborakbod etamiz va kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil