TerDU va Malayziya hamkorligi: Innovatsion ta’lim va xalqaro tajriba sari yangi qadam

Termiz davlat universiteti va Malayziyaning nufuzli Utara universiteti (UUM) o‘rtasidagi aloqalar strategik bosqichga ko‘tarilmoqda. 

Ayni kunlarda universitetimizning xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori G‘ofur Tog‘ayev hamda moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Nurullo Xursandov Malayziyada xizmat safarida bo‘lib turishibdi.

Jumladan, ​9-mart kuni Utara universiteti bosh binosida ikki oliygoh o‘rtasida “Akademik almashinuv dasturi” bo‘yicha rasmiy hujjatlar almashildi.

 Mazkur kelishuv TerDU talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun Malayziyaning ilg‘or ta’lim metodikasini o‘rganish va xalqaro tajriba orttirishga keng yo‘l ochadi.

Kiberxavfsizlik markazi – Kelajak texnologiyalari voha yoshlari uchun:

​10-mart kuni delegatsiya a’zolari Kompyuter texnologiyalari fakultetida (School of Computing) bo‘lib, TerDU qoshida ochilishi rejalashtirilayotgan Utara Ta’lim Markazi (UUM Learning Centre) loyihasini yakuniy muhokamadan o‘tkazdilar. Markazning asosiy yo‘nalishi — mintaqamizda kiberxavfsizlik bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdan iborat.

Raqamli kutubxona va zamonaviy infratuzilma:

​Shuningdek, tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Utara universitetining mashhur Sultanah Bahiyah nomli elektron kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdilar. Raqamli resurslar va zamonaviy axborot-resurs markazlarini boshqarish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni TerDUda ham tatbiq etish masalalari ko‘rib chiqildi.

​Eslatib o‘tamiz: TerDU delegatsiyasining xizmat safari davom etmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil