Talaba-yoshlar bilan uchrashuv: Talabalar uchun Surxondaryo viloyati hokimi stipendiyasi qayta joriy etiladi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat universitetiga tashrifi doirasida "Hokim va talaba-yoshlar" uchrashuvida ishtirok etdi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda mas’ul tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda talaba-yoshlarning taklif, tashabbus va murojaatlari tinglandi.

Uchrashuv davomida bildirilgan taklif va tashabbuslar asosida Surxondaryo viloyati hokimining oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan stipendiyasini qayta joriy etish belgilandi. Mas’ullarga mazkur stipendiyani joriy etish tartibini belgilovchi nizomni ishlab chiqish hamda zarur moliyaviy mablag‘larni ajratish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, keyingi payshanba — "Yoshlar kuni" doirasida universitetning jurnalistika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni viloyat hokimining bir kunlik ish faoliyati bilan tanishtirish, ular bilan birgalikda hududlarga tashriflar uyushtirib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish takliflari qo‘llab-quvvatlandi.

Bundan tashqari, yutuqqa erishayotgan talaba-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, yuridik yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar uchun prokuratura organlarida ish jarayonlari bilan bevosita tanishuvlar tashkil etish tashabbuslari ham ma’qullandi.

Shu bilan birga, startap g‘oyalariga ega talabalar o‘rtasida tanlovlar o‘tkazish, g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni ajratish masalasi ham belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida "Prezident stipendiyasi" sohibi bo‘lgan talabaga sertifikat tantanali ravishda topshirildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil