Startap loyihalar, ta’lim va yoshlar bandligi masalalari muhokama qilindi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat universitetida bo‘lib, yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalar taqdimoti, shuningdek yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish hamda ma’naviy-ma’rifiy sohalarga oid qaror va topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi.

Taqdimotda yosh tashabbuskorlar tomonidan tayyorlangan startap loyihalarning asosiy yo‘nalishlari, ularni amalga oshirish mexanizmlari hamda kutilayotgan natijalar haqida ma’lumot berildi. Viloyat rahbari loyiha mualliflariga amaliy tavsiyalar berib, ularni samarali amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatdi.

Shuningdek, tarixchi olimlar tomonidan "Amir Temur davlatchiligi shakllanishida Termiz va termiziylarning o‘rni" mavzusida kitob tayyorlash loyihasi bo‘yicha taqdimot ham o‘tkazildi.

Bundan tashqari, oliy va kasbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Xususan, Termiz davlat universiteti va Termiz pedagogika instituti rektorlari tomonidan Qiziriq hamda Bandixon tumanlaridagi maktablarga tajribali xorijiy til o‘qituvchilarini biriktirish bo‘yicha viloyat hokimining topshirig‘i ijrosi doirasida ishlab chiqilgan harakatlar rejasi haqida axborot berildi.

Taqdimot davomida umumta’lim va sport maktablarida tahsil olayotgan, turli sport yo‘nalishlarida shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus jamg‘arma tashkil etish taklifi ham ilgari surildi.

Taqdimotlardan so‘ng viloyat rahbari Termiz davlat universitetidagi ta’lim jarayoni, yosh huquqshunoslar hamda volontyorlik guruhlari faoliyati bilan tanishdi. Yosh huquqshunoslar salohiyatidan samarali foydalangan holda aholiga huquqiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan volontyorlik xizmatlarini kengaytirish zarurligi ta’kidlanib, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli ravishda tashkil etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil