Jarqo‘rg‘on tumanidagi quvonchli voqea — yana bir orzu ro‘yobga chiqmoqda!

Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida joylashgan 66-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, o‘qituvchi-pedagoglar hamda o‘quvchi yoshlar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv jarayonida davlatimiz rahbari iqtidorli o‘quvchi Feruza Jumagulova bilan suhbatlashib, uning orzu-intilishlari bilan qiziqdi. Feruza o‘zining Termiz davlat universiteti talabasi bo‘lish niyatini bildirar ekan, Prezidentimiz tashabbusi bilan 2027–2028 o‘quv yilidan boshlab grant asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilandi.

Mazkur xushxabar Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Ilhom Sirajev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozaxon Karimova, TerDU rektori Abduqodir Toshqulov hamda viloyat mutasaddilari ishtirokida maktab jamoasi va Feruzaning oila a’zolariga yetkazildi. Tadbir davomida Feruzaga sertifikat topshirilib, ezgu tilaklar bildirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/137593

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil