“Bobur merosi — millat iftixori”

Buyuk shoh va shoir, yirik davlat arbobi — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universiteti fakultetlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Tabiiy fanlar va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi tashabbusi hamda Xorijiy filologiya fakultetlarida tashkil etilgan “Bobur merosi — millat iftixori” mavzusidagi tadbirlarda talaba-yoshlar buyuk ajdodimiz ijodidan g‘azal va ruboiylar o‘qib, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar hamda raqs chiqishlarini namoyish etdilar.

Tadbirlar davomida Bobur ijodining yuksak badiiyati, uning boy ma’naviy merosi va milliy davlatchiligimiz tarixidagi o‘rni keng targ‘ib qilinib, yoshlarda milliy g‘urur, vatanparvarlik va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘usi yanada mustahkamlandi.
Darhaqiqat, Bobur merosi — millatimizning bebaho xazinasi, kelajak avlodlar uchun esa yorqin ma’naviy mash’aldir. 

TerDU jamoasi tomonidan o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar yoshlarni ma’naviy yetuk, tarixini chuqur anglaydigan va ajdodlariga munosib avlod bo‘lib kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil