Termiz shahrida saylgoh ko‘chasi, Termiz tumanida oromgoh tashkil etish loyihalari bilan tanishildi

Xabar berilganidek, Termiz shahri Jo‘yjangal mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi kanalni rekonstruksiya qilish asosida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalarini o‘z ichiga olgan zamonaviy saylgoh tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi mazkur saylgoh hududida barpo etilgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalaridan samarali foydalanish, tadbirkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishdi. Shuningdek, Jo‘yjangal mahallasi uchun topshiriqqa asosan ishlab chiqilgan master-reja taqdimoti ko‘rib chiqildi.

Mahallada infratuzilma va tadbirkorlik loyihalarini manzilli amalga oshirish, master-rejani takomillashtirgan holda ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Shundan so‘ng, Termiz tumani Sabzipoya mahallasi hududida joylashgan, maydoni 7,2 gektar bo‘lgan sobiq oromgoh o‘rnida Termiz davlat universiteti huzurida zamonaviy dam olish maskanini tashkil etish loyihalari taqdimoti bilan tanishildi.

Viloyat hokimi universitet rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilar bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi. Mas’ullarga ishlab chiqilgan loyiha asosida hududni professor-o‘qituvchilarning hordiq chiqarishi, ijodiy ishlari bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlarga ega, zamonaviy qiyofadagi oromgohga aylantirish vazifalari topshirildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil