Termiz davlat universiteti qoshidagi 103 xizmati faoliyati raqamlarda

2025-yil davomida universitet qoshidagi 103 xizmati xodimlari tomonidan 3 298 nafar professor-o‘qituvchi, ishchi xodim, talaba-yoshlar va abituriyentlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Universitetda o‘tkazilgan barcha sport musobaqalari, qabul jarayonidagi ijodiy va amaliy imtihonlarda ishtirokchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida birinchi tez tibbiy yordam postlari tashkil etilib, jarohat olganlarga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Darband o‘quv-amaliyot bazasida TerDU va viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari jalb etilgan o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari davomida 3 smenada tibbiy navbatchilik tashkil etilib, ishtirokchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012-yil 8-sentyabrdagi 200-sonli buyrug‘i asosida universitetda faoliyat yuritayotgan barcha professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlarning muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tishi nazoratga olinib, ularning tibbiy daftarchalari belgilangan tartibda ro‘yxatga olinmoqda va tibbiy punktda saqlanayapti. 

2025-yilda universitet rahbariyati tomonidan birinchi tez tibbiy yordam xizmati uchun jami 11 890 600 so‘m miqdorida dori-darmonlar xarid qilindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil