TerDU talabalari Ayritom Erkin Iqtisodiy Zonasida nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdi

Ayritom Erkin Iqtisodiy Zonasida  universitet talaba-yoshlari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida ko‘chma sayyor o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Tadbir doirasida o‘tkazilgan ilmiy-ma’rifiy seminarlar davomida erkin iqtisodiy zonalarning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni va ahamiyati, innovatsion yondashuvlar, zamonaviy axborot texnologiyalarining amaliyotdagi qo‘llanilishi, shuningdek, milliy madaniyat va san’atni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan mazmunli ma’ruzalar o‘qilib, talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

Shuningdek, Ayritom Erkin Iqtisodiy Zonasi hududida tashkil etilgan ekskursiyalar davomida ishtirokchilar zonaning faoliyati, mavjud ishlab chiqarish korxonalari, amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari hamda infratuzilma imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Bundan tashqari, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida turli sport tadbirlari o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulotlar jamoaviylik, faollik va o‘zaro hamkorlik muhitini yanada mustahkamladi.

Mazkur seminarlar, ekskursiyalar va sport tadbirlari talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ularning kasbiy va ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida samarali hamkorlik muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

✔️Shu bilan birga, tadbirlar ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy, moliyaviy, soliq va bojxona tizimi hamda eksport-import qonunchiligi bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil