Komplayens nazorat boʻlimi fakultetlarda uchrashuvlar o'tkazmoqda

Termiz davlat universiteti Rus tili va qardosh tillar fakultetining professor-oʻqituvchilari hamda texnik xodimlari uchun “Komplayens nazorat” boʻlimi boshligʻi Kodirov Farhodjon Kurbanovich uchrashuv o'tkazdi.

Yigʻilish davomida taʼlim sohasidagi korrupsiyaga oid jinoyatlarni oldini olish masalasi boʻyicha “Komplayens nazorat” boʻlimi boshligʻi soʻzga chiqib, TerDUda tashkil etilgan boʻlimning maqsadi, vazifasi, huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida toʻxtalib, taʼlim sohasidagi korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etilishining sabab va omillarini kelib chiqishi va korrupsiya holatlarini aniqlash, jinoyatni oldini olish boʻyicha maʼlumotlar berdi. Shuningdek, 2021 yil 15 oktabr kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov raisligida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021yil 16 sentabrdagi 19/10-21-101-sonli taqdimnomasining muhokamasi yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida taʼlim tizimida yoʻl qoʻyilgan qonunbuzarliklar boʻyicha jinoyatlar sodir etilganligi haqida maʼlumotlar berildi. Bu borada, taʼlim tizimida bunday korrupsiyaviy qonunbuzarliklarga barham berishda har bir professor-oʻqituvchi va ilmiy xodimlar hamda talabalar masʼul ekanligi taʼkidlandi.Professor-o’qituvchilarga poraxoʻrlik, taʼmagirlik, firibgarlik illatlariga yoʻl qoʻymaslik, bu kabi noqonuniy hatti-xarakatlar amalga oshirilgan taqdirda amaldagi qonunlar asosida chora koʻrilishi to’g’risida yigʻilish qatnashchilariga yana bir bor eslatib oʻtildi. 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil