“EKO YOSH IXTIROCHI” — YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR MAYDONI!

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan Termiz davlat universitetida yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga xizmat qiluvchi innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Eko yosh ixtirochi” loyihalar tanlovi bo‘lib o‘tdi. 

Unda talaba-yoshlar chiqindilarni qayta ishlash, energiya samaradorligini oshirish, yashil texnologiyalar yaratish va ekologik muammolarga amaliy yechimlar taklif etish bo‘yicha o‘z innovatsion ishlanmalarini namoyish etdilar. 

Shuningdek, atrof-muhitni asrashga bag‘ishlangan “Ko‘ngil ekologiyasi” rasmlar tanlovi o‘tkazildi

Tadbirda 50 dan ortiq talabalar ishtirok etib, tabiatni asrash, suv resurslaridan oqilona foydalanish, chiqindilarni qayta ishlash va hududlarni tozalash mavzularida ijodiy ishlarini taqdim etdi.

Tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur tashabbus yoshlarning ekologik mas’uliyatini kuchaytirish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil