TerDUda bitiruvchi yoshlar bilan tadbirkorlik bo‘yicha amaliy uchrashuv tashkil etildi

Surxondaryo viloyati Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi viloyat filiali, “E-auksion” elektron savdo platformasi viloyat bo‘limi hamda TerDU huzuridagi Karera markazi hamkorligida tadbirkorlikka qiziqqan bitiruvchi yoshlar uchun amaliy uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni tadbirkorlikka qiziqtirish, ularning biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlar bo‘yicha amaliy tushunchalar berishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida yoshlarga:
— biznesni boshlash bosqichlari;
— mavjud grant va kredit dasturlari;
— davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyozlar;

Shu bilan birga, “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida tadbirkorlikka qiziqqan 182 nafar bitiruvchining jami 3 mlrd 418 mln so‘mlik biznes loyihalari yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlab o‘tildi.

TerDU Karera markazi tomonidan korxonalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, bitiruvchilarga bo‘sh ish o‘rinlari haqida muntazam ma’lumot berib borish, mehnat bozori monitoringini olib borish va yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha kompleks choralar amalga oshirilmoqda.

Tadbir yoshlarga kuchli motivatsiya berib, ularning o‘z biznes g‘oyalarini hayotga tatbiq etish istagini yanada oshirdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil