"Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - erkin va farovon hayot garovi"

Surxondaryo viloyati prokuraturasi xodimlari tomonidan joylarda aholining turli qatlamlari bilan, shu jumladan yosh avlod vakillari bilan muntazam uchrashuvlar oʻtkazib kelinmoqda.

Xususan, "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - erkin va farovon hayot garovi" shiori ostida viloyat prokuraturasida ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi.

Unda Termiz Davlat Universiteti Xorijiy filologiya fakulteti murabbiy, talabalari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Dastlab, tadbir ishtirokchilariga viloyat prokuraturasida tashkil etilgan “Maʼnaviyat burchagi” hamda “Surxondaryo viloyati prokuraturasi tarixi muzeyi” faoliyati tanishtirilib, viloyat prokuraturasining tarixiy rivojlanish bosqichlari, prokuratura faxriylari hamda qatagʻon qurboni boʻlgan xodimlar Ali Hamrabayev, Ali Yakushkin, Ashraf Baxodirov va Hakim Tuyaqovlar xotirasiga oid maʼlumotlar soʻzlab berildi.

Shuningdek, prokuratura xodimlarining saf koʻrigi amaliyoti, sport mashgʻulotlari oʻtkazish maydonchalari hamda "Yashil makon" loyihasi doirasida amalga oshirilgan koʻkalamzorlashtirish tadbirlari tanishtirib oʻtildi.

Bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tizimli ravishda davom ettiriladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil