Yana bir xush xabar. “Islohotlar bilimdoni” respublika tanlovida tyutorimiz 1-o‘rin!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan bir necha yillardan beri muntazam o‘tkazib kelinayotgan “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovi ta’lim muassasalari pedagoglari va talabalari uchun muhim ijodiy-ma’rifiy maydonga aylangan.

Quvonch bilan ta’kidlaymizki, ushbu nufuzli tanlovning “Eng yaxshi tyutor” nominatsiyasida Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti tyutori Nazarov Jamshid Xoliyorovich ishtirok etib, Hakamlar hay’ati tomonidan bir ovozdan ma’qullanib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

Bu yuksak natija — nafaqat fakultet, balki butun TerDU jamoasi uchun katta faxr va g‘ururdir. Jamshid Xoliyorovichning yoshlar bilan ishlashdagi namunali tajribasi, fidoyiligi, tashabbuskorligi va mas’uliyatli mehnati munosib e’tirof etildi.

TerDU jamoasi nomidan Jamshid Nazarovni chin dildan tabriklaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil