O‘quv-tajriba xo‘jaligida loyihalar ijrosi o‘rganildi

O‘tgan hafta Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining Termiz tumanida joylashgan o‘quv-tajriba xo‘jaligida viloyatdagi oliygohlar olimlari va yosh tadqiqotchilarining ilmiy loyihalari taqdim etilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilangan edi.

Topshiriqqa asosan, 3 gektar maydonda 450 dan ortiq bodom, ertapishar shaftoli va o‘rik ko‘chatlari ekilishi hisobiga yangi bog‘ barpo etildi, shuningdek, ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish uchun 8 gektarlik tajriba yer maydoni tayyorlandi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur o‘quv-tajriba xo‘jaligida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Tashrif doirasida agrotexnologiyalarni rivojlantirish, yerdan samarali foydalanish, suv va energiya resurslarini tejash, yuqori hosildorlikka erishish hamda talabalar uchun xalqaro amaliyot va ish o‘rinlarini kengaytirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimotlarda piyoz, indou, rukkola, ukrop, mosh, javdar, bug‘doy, kanop, kungaboqar kabi qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi, quyosh energiyasiga asoslangan ekologik toza agrotizim yaratish, to‘qsonbosti usulida ekin ekish texnologiyasi, shuningdek, universitet va "GetWork" agentligi hamkorligida talabalarni xorijga, jumladan Bolgariyaga mehnat migratsiyasiga yuborish rejalari haqida ma’lumot berildi.

O‘quv-tajriba xo‘jaligi maydonlaridan samarali foydalanish, talabalarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda mustahkamlash, shuningdek, ularni ta’til davrida yuqori daromadli, qonuniy va kafolatlangan ish o‘rinlari asosida xorijga yuborish mexanizmlarini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, hududda Termiz davlat universitetiga qarashli qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot va o‘quv-tajriba bazasida baliq chovoqlari yetishtiriladigan inkubatsiya sexi hamda ko‘chat ko‘paytiradigan laboratoriya qurish rejalari bilan ham tanishildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil