“Bir vatan — bir el — bir bayroq!”

Bugun Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti hamda tarix fakulteti talabalari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan “Bir vatan — bir el — bir bayroq” shiori ostida tantanali bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda Surxandaryo viloyat prokuraturasi vakillari, universitetning professor-oʻqituvchilari, faol talabalar ishtirok etishdi. Bayramona ruhda oʻtgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining yaratilish tarixi, undagi ranglar va ramzlarning maʼnosi, shuningdek, uning davlat suverenitetini ifodalovchi muqaddas belgi sifatidagi oʻrni haqida soʻz yuritildi.

Soʻzga chiqqanlar bayroq — bu millatning gʻururi, Vatan mustaqilligining timsoli, el-yurt birligining ramzi ekanligini taʼkidlab oʻtishdi. Yoshlar esa oʻz chiqishlarida Davlat bayrogʻiga boʻlgan cheksiz hurmat, faxr va sadoqat tuygʻularini ifoda etishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil