TerDUda ishonchli vakil yosh saylovchilar bilan uchrashdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatidagi ishonchli vakili Abdulhakim Eshmuratov Termiz davlat universiteti talabalari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ishonchli vakil ishtirokchilarni OʼzLiDePdan Prezidentlikka koʻrsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning tarjimai holi hamda saylovoldi dasturi bilan yaqindan tanishtirdi.

OʼzLiDePdan koʻrsatilgan Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturida inson qadri ustuvor boʻlgan jamiyat va xalqparvar davlat – yaʼni, Yangi Oʻzbekistonni barpo etishdek ulugʻvor gʻoya oʻz ifodasini topgan. Ustuvor yoʻnalishlardan iborat saylovoldi dasturida kelgusi 5 yilda Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirib, koʻp millatli xalqimiz turmush farovonligini yanada yuksaltirish, ilm-fan, taʼlim, tibbiyot, sanoat, qurilish, xizmatlar koʻrsatish va boshqa sohalarda amalga oshirilishi lozim boʻlgan muhim vazifalar belgilangan.

Yosh saylovchilar bilan yuzma-yuz ochiq muloqotlarda joriy yilning 24-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan Prezident saylovida barchani faol qatnashishga, OʼzLiDeP nomzodini qoʻllab-quvvatlab, ovoz berishga chaqirildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil