TerDUda “Men birinchi marta ovoz beraman!” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi

TerDUda “Men birinchi marta ovoz beraman!” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Termiz davlat universitetida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan joriy yilda ilk marotaba saylov jarayonlarida ishtirok etuvchi talabalar uchun “Men birinchi marta ovoz beraman!” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. 

Unda Targ'ibot poyezdi"  a’zolari, TerDU talabalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori vazifasini bajaruvchi O.Shofiyev, Yuridik fakulteti dekani J.Xolmo’minov O’zbekistonda saylov tizimining huquqiy asoslari va o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida so’zladi.
Davra suhbati doirasida Talaba-yoshlarning saylov qonunchiligi bo'yicha huquqiy ongi va madaniyatini oshirish bo'yicha “Saylov – 2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida o'tkazilayotgan "Targ'ibot poyezdi" targ'ibot guruhi a'zolari talabalar bilan ochiq muloqot o’tkazdi. 
Targ’ibot guruhi a’zosi, Toshkent davlar Yuridik universiteti katta o’qituvchisi Sh.Hayitov saylov kodeksining mazmun-mohiyati va joriy yilda oʻtkazilayotgan saylovning oʻziga xos xususiyatlari haqida atroflicha maʼlumot berdi.
Targ'ibotchilar va talabalar o'rtasida saylovga oid savol-javoblar, baxs-munozarlarga boy bo’ldi. 
Targ’ibot guruhi a’zolari tomonidan musiqiy chiqishlar tadbirga yanada ko’tarinki kayfiyat ulashdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil