TerDUda navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi

Soha prorektorlari, boshqarma va bo‘lim mudirlari, fakultet dekanlari hamda yig‘ilish kun tartibiga daxldor mas’ullar ishtirok etgan yig‘ilish boshida A.Toshqulov davlatimiz rahbarining BMTning 80-sessiyasidagi nutqi va jarayondagi diplomatik munosabatlarda erishilgan natijalar xususida ma’lumotlar keltirdi.


Shundan so‘ng, har bir soha prorektorlari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, berilgan topshiriqlarning ijro holati bo‘yicha ma’lumot berishdi.


Mas’ullar ishtirokida o‘quv jarayoni, xalqaro hamkorlik, ta’lim eksporti, yoshlar bilan ishlash va moliyaviy barqarorlik masalalari muhokama qilindi.


Har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullar va fakultet dekanlarining zimmasidagi vazifalar belgilab berildi.


Yakunda talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, yong‘in xavfsizligi targ‘iboti, “Ma’rifat soati” mashg‘ulotlari, “Besh tashabbus olimpiadasi” va 1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni” tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil