TerDUda nufuzli universitetlari bilan yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

TerDUda  Rossiya, Belarus, Xitoy, Malayziya va Indoneziyaning nufuzli universitetlari bilan yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul imtihonlari boshlandi

Bugun TerDUda qo‘shma ta’lim dasturlariga hujjat topshirgan talabgorlar uchun birinchi bosqich – suhbat jarayonlari boshlandi.

Tadbir avvalida universitet rektori Abduqodir Toshqulov yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashib, qo‘shma ta’lim dasturlarining afzalliklari haqida so‘zlab berdi.

Ta’kidlanganidek, TerDU bugungi kunda Rossiya, Belarus, Xitoy, Malayziya va Indoneziya universitetlari bilan hamkorlikda 15 ta yo‘nalishda qo‘shma ta’limni taklif etmoqda.

Ayniqsa, huquqshunoslik, iqtisodiyot, psixologiya va kompyuter injiniringi kabi zamonaviy yo‘nalishlarga yoshlarda katta talab mavjud bo‘lib, joriy yilda 700 nafarga yaqin abituriyent hujjat topshirdi.

Muhim jihat: ingliz yoki rus tilidan B2 sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlar bakalavriat uchun suhbat va chet tili imtihonidan ozod qilinib, maksimal ball oladi. 

Uchrashuv yakunida rektor B2 hamda undan yuqori darajadagi til sertifikatga ega talabgorlar bilan alohida suhbat o‘tkazdi va talaba bo‘lganliklari bilan tabrikladi.

Ma'lumot o‘rnida, qolgan abituriyentlar ikki bosqichli ya'ni, suhbat hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi
tomonidan imtihondan o‘tkaziladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 62

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 56

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil