Termiz davlat universitetida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Termiz davlat universitetiga 1-kursga qabul qilingan talabalar uchun Termiz shahridagi San’at saroyi binosida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda bir qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Uchrashuv “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” va “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida o‘tdi. Unda soha mutaxassislari hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.

Tadbir davomida talabalarga diniy bag‘rikenglik, ma’rifat, inson huquq va qadr-qimmati, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarni turli zararli g‘oyalar va yot oqimlar ta’siridan asrash, ularning ma’naviy immunitetini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda 750 nafardan ziyod 1-kurs talabalari ishtirok etib, ularning faol ishtiroklari va qiziqarli savol-javoblari tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Tadbir yakunida yoshlar ma’naviy-ma’rifiy sohadagi bunday uchrashuvlarning ular uchun katta hayotiy ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.
 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil