Rektor huzurida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Prorektorlar, boshqarma va bo‘lim mas’ullari ishtirokidagi ishchi yig‘ilishda ijro intizomidan tortib, maslahat markazi faoliyati, yangi ochilgan ta’lim yo‘nalishlari, ularning o‘quv standartlari, dastur va rejalari, masofaviy ta’lim shakli hamda grantlarni qayta taqsimlash ishlarining borishi, kampusni yangi o‘quv yiliga tayyorlash, shuningdek, Termiz davlat universiteti rektorining 2025-yil 16-apreldagi 59-U-son buyrug‘i bilan fakultet dekanlariga berilgan topshiriqlarning ijrosi muhokama markazida bo‘ldi.

Tahliliy va tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda zimmasidagi vazifalar ijrosiga loqaydlik bilan munosabatda bo‘lgan mas’ullarga nisbatan qat’iy ta’sir choralari belgilandi.

Yig‘ilishda, shuningdek, yangi o‘quv yilida universitet kutubxonasiga xarid qilinadigan adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish, Ilmiy tadqiqot markazi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, Hududiy tadqiqotlar markazi faoliyati xususida prorektorlarning hisoboti tinglandi.

Yakunda ko‘rilgan masalalar yuzasidan mutasaddilar oldiga aniq vazifalar belgilab berildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 62

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 56

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil