TerDU xalqaro reytinglar sari dadil qadam tashlamoqda!

Bugun TerDU rektori huzurida universitetimizni nufuzli xalqaro reytinglar — The World University Rankings, QS World University Rankings va GreenMetric reytinglariga kirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Unda xalqaro reytinglarning barqarorlik yo'nalishida olib borilayotgan ishlar, tayyorlanayotgan hisobotlar va tegishli hujjatlar namunalari havola etildi. "Yashil universitet" tamoyili asosidagi vazifalar taqsimlandi. Shuningdek, fanlar kesimida xalqaro reytinglarga kirish uchun har bir rahbar xodimlar va professor-o'qituvchilar oldinda turgan vazifalar muhokama etildi.

Taqdimot davomida rektorimiz tomonidan ushbu yuksak maqsadlarga erishish uchun ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi va unda ijrochi mas’ullar aniq belgilab qo‘yilganligi alohida ta’kidlandi.

Prorektorlar va tegishli mas’ullar ishtirokida o‘tgan muhokamalarda universitetimizning ayni paytdagi xalqaro reytinglardagi o‘rni tahlil qilinib, 2030-yilgacha bosqichma-bosqich TOP-1000 talikka kirish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi.

 Albatta, bu ezgu maqsadlarga erishishda butun jamoaning — professor-o‘qituvchilardan tortib xo‘jalik xodimlarigacha — barchaning hissasi muhim ekani ta’kidlandi. Ularda xohish va daxldorlik ishtiyoqi borligiga ishonch bildirildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil