Kutubxonalarga ommaviy kirish

Aholining kutubxonalarga, shu jumladan kitoblar va nashirlarga  kirishini ta’minlash” Termiz davlat universitetining Axborot-resurs markazida barcha talaba-yoshlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib internet tarmoqlari, elektron kutubxona 180 ningdan ortiq o‘quv, badiy adabiyotlar bilan ta’minlangan bo‘lib barchasi professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar uchun xizmat qilib kelmoqda.
Barcha xizmatlardan foydalanish bepul amalga oshiriladi. Axborot-resurs markazida kompyuter sinflari va o‘quv zallari mavjud bo‘lib barchasi zamonaviy jihozlangan. Jumladan universitetda "Kitobxonlik haftaligi” har o‘quv yilida o‘tkazib kelinmoqda.
Kitob fikrlash qobiliyatimizni harakatga keltiradigan ixchamgina quroldir. 
U aqliy tanballigimiz bilan kurashishimizda bizga ko‘maklashuvchi tafakkur quvvatidir.
Yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish ularni kitob o‘qishga jalb qilish va bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish maqsadida “Men do‘stimga kitob sovg’a qilaman” mavzusida yarmarkalar tashkil etilib kelinmoqda.
Jumladan har tili bo‘lib o‘tadigan “Eng yaxshi kitobxon” tanlovlarning vazifalari - mamlakatimizda kitobxonlikni keng targ‘ib etish, badiiy asarlarni yaratish va qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni hamda jamiyatimizda yuksak ma’naviyatni shakllantirish va mustahkamlashda badiiy asarlar roli va ahamiyatini yoshlar ongiga singdirish, ijodkorlar tomonidan yangi yaratilgan badiiy asarlar bilan talaba-yoshlarni yaqindan tanishtirib borish, ularda kitobni mutolaa qilish, tahlil qilib, o‘zlarining mustaqil fikr bildirishga oid ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik harakati targ‘iboti ta’sirchanligini yanada oshirish, kitobning yosh avlodni har tomonlama yetuk, yuksak ma’naviyatli, intellektual salohiyatli, ota-onasiga, vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashdagi ahamiyati to‘g‘risida talabalarning tasavvurlarini yanada boyitish, iste’dodli va iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish,  kitob targ‘iboti orqali yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy hamda ijodiy ishlardagi faolligini yanada oshirishdan iborat.
Kitob – zamonlar to'lqinida suzuvchi, o'zidagi ma'nolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga avaylab etkazuvchi tafakkur kemasidir. Uning har bir sahifasi hikmatlarga boy va dillarga ro'shnolik kiritib, ezgu tuyg'ularni uyg'otmoqqa qodir.

Shu bois so'nggi yillarda mamlakatimizda kitob mutolaasi va targ'iboti, kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid qator qarorlar va farmonlar qabul qilinib, yurtimizning barcha hududlarida aholi orasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish, kitoblar sonini emas, kitobxonlar salmog'ini oshirishga asosiy e'tibor qaratilmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 59

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 51

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 53

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil