“Surxon” davlat qo’riqxonasida noqonuniy morxo’r ovlanishi bilan bog’liq huquqbuzarlik fosh etildi

Joriy yilning 5-iyul kuni qo‘riqxonaning "Xatak" bo‘limi,"Oltikunlik" massivida o‘tkazilgan reyd chog‘ida, noqonuniy ovchilik bilan shug‘ullanayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Natijada O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan ikki bosh burama shoxli echki (morxo‘r) noqonuniy ravishda ovlanganligi ma’lum bo’ldi.

Reyd davomida qo’riqxona hududida qurol bilan harakatlanayotgan uch nafar fuqaro shubha uyg’otadi, ularning harakati zimdan kuzatiladi. Ular toshloq va tik qiyaliklarda harakatlanayotgan bo‘lishiga qaramay, masofadan binokl va mobil vositalar yordamida nazoratga olinib, harakati hujjatlashtirilib boriladi. Shubhali shaxslar to‘xtab dam olayotgan hududga yetib borilganida, aynan o‘sha vaqtda O’zbekiston Qizil Kitobiga Xalqaro Tabiatni muhofaza qilish Ittifoqining CITESning “Qizil” ro’yxatiga kiritilgan kam uchrovchi ikki bosh burama shoxli echki -morxo‘r ovlanib, so‘yilayotganligi aniqlandi.

Shaxslar voqea joyida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. So’yilgan hayvon qoldiqlari Termiz davlat universiteti qoshidagi “Sud-Zoologik ekspertizadan o’tkazilganda bir va uch yosh atrofidagi erkak va urg’ochi morxo’r ekanligi tasdiqlandi.

Mazkur holat yuzasidan to’plangan hujjatlar qonuniy tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi. Hozirda holat bo‘yicha tergovgacha bo‘lgan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil