Talabalarga grantlar taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi amalda!

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʼgʼrisidagi nizom” tasdiqlandi.  Mazkur qarorda talabalarga ajratiladigan davlat grantlarini adolatli va shaffof taqsimlash, oʼqishda yuqori koʼrsatkichlarga ega talabalarni ragʼbatlantirish, grant mablagʼlaridan maqsadli va samarali foydalanishning aniq mexanizmi belgilandi.

 Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 16-maydagi 186-sonli buyrugʼi bilan oliy taʼlim muassasalarida talabalarning Ijtimoiy faollik indeksini joriy etish boʼyicha metodik talablar belgilandi.

Mazkur qaror va buyruq ijrosini taʼminlash maqsadida Termiz davlat universitetida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, talabalarning ijtimoiy faolligi va oʼquvdagi yutuqlarini baholash hamda grantlar taqsimotini shaffof tashkil etish uchun maxsus elektron platforma — grant.tersu.uz  ishlab chiqildi.

Grant ajratilishi yoki qayta taqsimlanishi uchun talabalar 2025-yil 20-iyulgacha platformadan roʼyxatdan oʼtib, elektron ariza va tegishli hujjatlarni topshirishlari lozim. Аrizalar maxsus tuzilgan komissiyalar tomonidan koʼrib chiqiladi va natijalar belgilangan tartibda eʼlon qilinadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil