Darbandda yangi turizm va yashil energetika sari dadil qadam!

TerDU huzuridagi Darband o‘quv-amaliyot bazasida viloyat hokimi U.Qosimov ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda Termiz davlat universiteti rektori tomonidan hududning tabiiy imkoniyatidan unumli foydalanish, sayyohlik oqimini oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladigan bir qator loyihalar taqdim etildi.

Davlatimiz rahbarining xorijiy va mahalliy turistlar oqimini ko‘paytirish, mavjud sayyohlik yo‘nalishlari bo‘ylab zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha bergan topshiriqlariga asosan viloyat hokimining ko‘rsatmasi bilan Darband darasi bo‘ylab zamonaviy turistik xizmatlar tashkil etiladigan bo‘ldi.

Taqdimotda bazada qurilayotgan mini-GES orqali nafaqat mazkur direksiyaning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji ta’minlanishi, balki hududiy elektr tarmoqlariga ham energiya yetkazib berish imkoni yaratilayotganligi keltirib o‘tildi. Bu esa yashil energetika va barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi muhim omildir.

Viloyat rahbari bilan bo‘lgan samimiy muloqot turizmning noyob va daromadli yo‘nalishlarini hayotga qisqa fursatlarda tatbiq etilishida katta ahamiyat kasb etdi.

U.Qosimov tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, katta salohiyatdan unumli foydalanish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil