TerDU rektori huzurida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Sohalar bo‘yicha prorektorlar boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etgan yig‘ilishda dastlab ijro intizomiga oid masalalar muhokamalar markazida bo‘ldi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda sohalar bo‘yicha ijro hujjatlarining yuritilishi holati tahlil etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra joriy yilning 1-yanvar sanasidan 16-iyun kuniga qadar universitetga jami 3506 ta hujjatlar (topshiriqlar) kelib tushgan bo‘lib. Ushbu hujjatlarning 2875 tasining ijrosi o‘z vaqtida ta’minlangan, 102 tasi muddatidan kech bajarilgan, 7 tasi bajarilmagan (3 ta band) hamda 525 tasi ayni vaqtda ijro jarayonida.

Yig‘ilishda faqatgina topshiriq kutib, faoliyatiga nisbatan mas’uliyatsizlik bilan munosabatda bo‘lgan xodimlarga nisbatan qat’iy ta’sir choralari belgilandi.

A.Toshqulov yangi o‘quv yiliga auditoriya va binolarni tayyorlash jarayonlarining borishi, 300 talik reytingga kirgan xorijiy OTM lar dasturlari asosida o‘zimizning akademik dasturlarni ishlab chiqilish bilan bog‘liq vazifalar ijrosi bo‘yicha ham o‘z ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi.

Bundan tashqari universitet ARM kitob fondini boyitish borasida mas’ullarga qator vazifalar berdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil