ADABIYОT FIDOYILARI: YANGI NASHRLAR TAQDIMOTI

TerDU tashkil etilgan taqdimot marosimida rektorimiz, Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi senator Sirojiddin Sayid boshchiligidagi voha adabiyot faxriylariga xayrli tashabbusning boshida turganliklari uchun oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining saʼy-harakati bilan Surxondaryo adabiy muhitining taniqli va suyukli ijodkorlari – Tesha Saydaliev, Mengziyo Safarov, Shafoat Rahmatullo Termiziy va Gulandom Toʻgʻaevalarning kitoblari nashrdan chiqarildi.

Talabalar va adabiyot ixlosmandlari ishtirokida oʻtgan muloqotlarda ijod mahsuli kitob holiga keltirilgan vohadoshlarimiz haqida maʼlumotlar berildi.

Tesha Saydaliev – oʻzining ijtimoiy ruhdagi sheʼrlari bilan tanilgan, qisqa umrida qalamga sadoqat bilan xizmat qilgan shoir. U “Tuhfa”, “Surxon sadolari”, “Koʻngil gavhari” kabi toʻplamlar muallifi. Yaqinda "Mangu uygʻoq qalb" nomli yangi kitobi chop etildi.

Mengziyo Safarov – nasr va publitsistika sohasida faol ijod qilgan yozuvchi. U “Ona yer qoʻshigʻi”, “Turnalar uchadi”, “Olis qirlar ortida” kabi asarlar muallifi boʻlib, “Soʻqmoqdagi odamlar” nomli toʻplami yaqinda nashr etildi.

Shafoat Rahmatullo Termiziy – shoir, olim va musiqa sohasi muhaqqiqi. “Janub shamoli”, “Koʻrinmay gulladim” va “Shoh va shoir” kabi asarlari bilan tanilgan. Uning “Saylanma” toʻplami nashrdan chiqdi. “Shuhrat” medali va “El-yurt hurmati” ordeni sohibi.

Gulandom Toʻgaeva – zamonaviy oʻzbek sheʼriyati isteʼdodli vakillaridan biri. “Chaqqmoq xursiniqlari”, “Muhabbat asri” kitoblari orqali oʻquvchilar qalbidan joy olgan. Uning navbatdagi toʻplami – “Ishq handasasi” yaqinda nashr etildi.

Bu kitoblar nafaqat har bir ijodkorning betakror uslubini, balki Surxondaryo adabiy muhitining boy va rang-barang manzarasini aks ettiradi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil