Talabalar orasida halollikni targ‘ib qilish davom etmoqda

Viloyat prokuraturasi va OTMlar o‘rtasida tuzilgan "Qo‘shma reja" asosida prokuratura xodimlari universitetlarda bo‘lib, Prezidentning 2025-yil 5-martdagi Korrupsiyaga qarshi kurashish kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan talabalarga targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazmoqda.

Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish, murosasizlik muhitini shakllantirish va talabalarga halollik g‘oyasini singdirish maqsad qilingan. TerDUda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda talabalar jamiyatning faol a’zolari sifatida adolatli kelajak barpo etishda o‘z hissasini qo‘shishi lozimligi ta’kidlandi.

Eslatma:

Agar siz universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik yoki manfaatlar to‘qnashuvi holatiga duch kelsangiz, quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Ishonch telefoni: 76-221-7710

Telegram bot: https://t.me/TerDUantiCorruption_bot

Qo‘shimcha raqamlar: 91-575-2001, 93-799-0101, 98-775-7758

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

  • 2026-10-23
  • 60

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Batafsil

HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

  • 2026-10-23
  • 52

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy

Batafsil

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

  • 2026-10-23
  • 54

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Batafsil